Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri, armiya generali Hulusi Akarni qabul qildi

3376 28-Oktyabr, 2020 Chop etish Yuklab olish (PDF 27 Kb)


27-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Hulusi Akarni qabul qildi.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, koʻp asrlik doʻstlik va birodarlik rishtalariga asoslangan hamda keyingi uch yilda birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilgan Oʻzbekiston-Turkiya strategik sheriklik munosabatlari har tomonlama jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Hulusi Akar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlik holati va istiqbollari koʻrib chiqildi, shuningdek, keyingi yillarda mudofaa sohasida amalga oshirilgan qoʻshma tadbirlar yakunlari sarhisob qilindi.

Oʻzbekiston va Turkiya mudofaa idoralari oʻrtasida oʻrnatilayotgan amaliy hamkorlikning muhim yoʻnalishlari sifatida harbiy kadrlarni oʻqitish boʻyicha dasturlarni amalga oshirish, ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida aloqalarni yoʻlga qoʻyish, qoʻshin boʻlinmalarini tayyorlash boʻyicha tajriba almashish belgilandi.

Mintaqadagi zamonaviy xatarlar va xavfsizlikka tahdidlarga qarshi birgalikda kurashishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Turkiya milliy mudofaa vaziri harbiy va harbiy-texnik sohalarda keng koʻlamli hamkorlikka tayyor ekanini taʼkidladi.

O'zA

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali