O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg'oniston Islom Respublikasi Prezidentini bilan uchrashuvi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-mart kuni Ko'ksaroy qarorgohida "Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik" mavzuida Afg'oniston bo'yicha yuqori darajadagi Toshkent xalqaro konferensiyasida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan mamlakatimizga kelgan Afg'oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G'anini qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakatlarimiz o'rtasidagi yaxshi qo'shnilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shuningdek, o'zaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, savdo, transport va energetika sohalaridagi loyihalar, ta'lim, sog'liqni saqlash va boshqa yo'nalishlardagi dasturlarni amalga oshirish masalalari ko'rib chiqildi.
Tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.
Prezident Muhammad Ashraf G'ani mamlakatlarimizning Afg'oniston bo'yicha Toshkent xalqaro konferensiyasini o'tkazishga oid birgalikdagi tashabbusini ro'yobga chiqarishga qaratilgan sa'y-harakatlar uchun O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik bildirdi, o'zaro manfaatli yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini ta'kidladi.
Manba: president.uz