Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING UMUMIY FOYDALANISHDAGI AVTOMOBIL YO'LLARI RO'YXATINI TASDIQLASH TO'G'RISIDA

16624 30-Sentyabr, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 14 Kb)

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASINING UMUMIY FOYDALANISHDAGI AVTOMOBIL YO'LLARI RO'YXATINITASDIQLASH TO'G'RISIDA

(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2010 y., 32-son, 270-modda; 2015 y., 30-son, 398-modda)

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari tasniflari o'zgarganligi, yangi yo'llar qurilgani va qayta qurilganligini, avtomobil yo'llarining toponomik atalishidagi o'zgarishlarni inobatga olib, "Avtomobil yo'llari to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. "O'zavtoyo'l" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasining O'zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari ro'yxatiga o'zgartirishlar kiritish to'g'risidagi taklifi ma'qullansin.

O'zbekiston Respublikasining xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo'llari ro'yxati 1-ilovaga muvofiq;

O'zbekiston Respublikasining davlat ahamiyatiga molik avtomobil yo'llari ro'yxati 2-ilovaga muvofiq;

O'zbekiston Respublikasining mahalliy ahamiyatga molik avtomobil yo'llari ro'yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida" 2005 yil 12 avgustdagi 194-son qarori o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari B.A. Xo'jaev zimmasiga yuklansin.

 

O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. MIRZIYOEV

Toshkent sh.,

2010 yil 5 avgust,

169-son

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali