Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

7539 16-Yanvar, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 21 Kb)


Kecha, 15- yanvar kuni O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-Yorkdagi Bosh qarorgohida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qildi. 

Uchrashuvda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterreshning 2017- yil 10- iyun kuni mamlakatimizga tashrifi doirasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Tomonlar BMT Xavfsizlik Kengashi kun tartibidan o'rin olgan "Ommaviy qirg'in qurollarini tarqatmaslik: ishonch choralari" nomli tadbir va vazirliklar darajasidagi "Xavfsizlik va taraqqiyotning o'zaro bog'liq modeli sifatida Afg'oniston va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo'lga qo'yish" mavzuidagi ochiq munozaralar yuzasidan o'zaro fikr almashishdi.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali