O'zbekiston va Quvayt qator hujjatlarni imzolaydi
O'zbekiston va Quvayt investitsiyalar, ta'lim va ilmiy tadqiqotlar sohalarida hujjatlarni imzolaydi.
7−10-fevral kunlari O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Quvayt davlatida bo'ladi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.
Tashrif dasturidan bosh vazir shayx Jaber al-Muborak al-Hamad as-Sabah, bosh vazirning birinchi o'rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Sabah al-Xolid al-Hamad as-Sabah, Milliy majlis Raisi Marzuq Ali Muhammad al-G'anim bilan uchrashuv va muzokaralar o'tkazish o'rin olgan.
O'zbekiston delegatsiyasi O'zbekiston-Quvayt biznes-forumi va boshqa qo'shma tadbirlarda ham ishtirok etadi.
Tashrif davomida investitsiya, ta'lim va ilmiy tadqiqot sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga yo'naltirilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.