Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

O'zbekiston va Rossiya harbiy-texnik hamkorlikni kengaytiradi

9269 30-Noyabr, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 24 Kb)


O'zbekiston va RF mudofaa vazirlari harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish to'g'risidagi shartnomani imzoladi.

O'zbekiston va Rossiya mudofaa vazirlari Qobil Berdiyev hamda Sergey Shoygu seshanba kuni Moskvada Harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish to'g'risidagi shartnoma hamda 2017-yilda mudofaa mahkamalari o'rtasida ikki tomonlama hamkorlik rejasini imzoladi. Bu haqda RF Mudofaa vazirligi saytida xabar qilindi.

Hujjatlarda ikki mamlakat mudofaa mahkamalari hamkorligini faollashtirish va ularga amaliy yo'nalish berish ko'zda tutilgan. Xususan, harbiy xavfsizlikni ta'minlash, qurolli kuchlarning jangovar salohiyatini mustahkamlash va harbiy kadrlar tayyorlash bo'yicha hamkorlikdagi chora-tadbirlar belgilangan.

Qobil Berdiyev Sergey Shoygu bilan muzokaralarda Rossiya O'zbekiston uchun asosiy strategik hamkor hisoblanishini ta'kidlab o'tdi.

Xabarda keltirilishicha, Rossiya tomoni 2012-yilda to'xtatilgan RF harbiy ta'lim muassasalarida O'zbekiston ofitser va kursantlarini o'qitishni qayta yo'lga qo'ygan.

2017-yilda tomonlar joriy yilga qaraganda ikki marotaba ko'proq hamkorlikdagi tadbirlarni o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Hamkorlik doirasida O'zbekiston qurolli kuchlarini 2020 yilga qadar modernizatsiya qilish hamda Rossiya qurollari va harbiy texnikalari bilan ta'minlash dasturini amalga oshirish belgilangan.

"Газета.uz"

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali