Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

O'zbekistonda 2017 yil I yarim yilligida 2757,8 km mintaqaviy yo'l va shahar ko'chalari ta'mirlandi

15725 13-Iyul, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 1408 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi "2017-2018 yillarda mintaqaviy avtomobil yo'llarini rivojlantirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2775-sonli qarori bilan qabul qilingan Dastur asosida joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida mamlakat yo'lsozlari tomonidan 2757,8 km uzunlikdagi xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloq va ovullarning ko'chalari ta'mirlandi.




Xususan, Qoraqalpog'iston Respublikasi bo'yicha 115,2 km, Andijon viloyatida – 292,5 km, Buxoro viloyatida – 207,3 km, Jizzax viloyatida – 183,5 km, Qashqadaryo viloyatida – 255,6 km, Navoiy viloyatida – 107,4 km, Namangan viloyatida – 225 km, Samarqand viloyatida – 208,7 km, Sirdaryo viloyatida – 115,3 km, Surxondaryo viloyatida – 313,2 km, Toshkent viloyatida – 144,8 km, Farg'ona viloyatida – 345,6 km, Xorazm viloyatida – 189,4 km va Toshkent shahrida – 54,3 km ichki yo'l va ko'chalarni shu safga kiritish mumkin. 



Alohida qayd etish lozimki, mazkur ish hajmi – o'tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan solishtirganda, 4 baravar ziyodni tashkil etmoqda.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali