O'zbekistonda 39 ming kmdan ortiq tuproq yo'l mavjud. AQShda ham 425 ming km shunday yo'l bor – Avtomobil yo'llari qo'mitasi raisi
Avtomobil yo'llari qo'mitasi raisi Abdurahmon Abduvaliev Senatning 15-yalpi majlisida respublikadagi mavjud avtomobil yo'llari qayta hisoblanganini va bugungi kunda 209 ming km avtomobil yo'li borligi, shundan qariyb 40 ming kilometri tuproq yo'l ekanini ma'lum qildi.
"Biz qaytadan hisobdan
o'tkazganimizda 184 ming emas, 209 ming km yo'l borligi aniqlandi. Shundan
42654 km bizniki, qolgani ichki xo'jalik yo'llari va boshqa yo'llar. Bugungi kunda bu yo'lning 40 ming km.ga yaqini ta'mirlandi.
Respublikada
39 417 km tuproq yo'l bor, ularni shag'allashtirish ishlari ketyapti. Bosqichma-bosqich
butun dunyo qilayotgan ishni qilyapmiz, AQShda ham 425 ming km tuproq yo'l bor.
Yo'llar borasida kamchiliklarimizni
tan olamiz, lekin bizning asosiy muammomiz ichki xo'jalik yo'llariga bog'liq", dedi
avtomobil yo'llari qo'mitasi raisi.