Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Prezident Shavkat Mirziyoyev Berlinga keldi

5575 21-Yanvar, 2019 Chop etish Yuklab olish (PDF 24 Kb)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 yanvar kuni rasmiy tashrif bilan Germaniya poytaxti Berlin shahriga keldi.

Tegel xalqaro aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Davlatimiz rahbarini Germaniya rasmiy shaxslari kutib oldi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 21 yanvarga moʻljallangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev Berlinda Federal Prezident Frank-Valter Shtaynmayer, Federal kansler Angela Merkel va Bundestag Raisi Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.

Muzokaralarda Oʻzbekiston bilan Germaniya oʻrtasidagi siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy-gumanitar, fan-taʼlim va turizm sohalaridagi aloqalarni faollashtirish kabi masalalarni muhokama qilish koʻzda tutilgan.

O'zA

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali