"Qamchiq" dovonida avtotransport vositalari harakati tiklanadi.
A-373 "M-39 Guliston-Bo'ka- Angren- Qo'qon-Andijon orqali-O'sh" avtomobil yo'lining "Qamchiq" dovonidan o'tgan 185-285 (108-208) kilometr qismlarida O'zbekiston Gidrometrologiya xizmati markazining 28-sonli buyrug'iga ko'ra, 2020 yilning 28 noyabr soat 8:00 dan kuchli shamol va qor ko'chkisi xavfi bo'lganligi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to'xtatilgan edi.
Avtomobil yo'llari qo'mitasi tarkibidagi "Qamchiqavtoyo'l" ixtisoslashtirilgan yo'llardan foydalanish unitar korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan "Qamchiq" dovonining 185-285 (108-208) kilometr qismlarida tezkorlik bilan yo'l tozalash ishlari amalga oshirildi. Avtotransport vositalarining harakati uchun tayyor holga keltirildi.
O'zbekiston Gidrometrologiya xizmati markazining 2020 yil 28 noyabrdagi 29-sonli buyrug'iga binoan, ya'ni, kuchli shamol va qor ko'chkisi xavfining kamayganligi bois, A-373 "M-39 Guliston-Bo'ka- Angren- Qo'qon-Andijon orqali-O'sh" avtomobil yo'lining "Qamchiq" dovonidan o'tgan 185-285 (108-208) kilometr qismlarida 2020 yil 28 noyabr kuni soat 11:30 da avtotransport harakati yo'lga qo'yiladi.
Avtomobil yo'llari qo'mitasi
matbuot xizmati