Qamchiq dovonida vaqti-vaqti bilan qor yog'moqda
A-373 "M-39 Guliston-Bo'ka- Angren-Qo'qon-Andijon orqali-O'sh" avtomobil yo'lining Qamchiq dovonidan o'tgan qismi, 193-250 km.lar oralig'ida vaqti-vaqti bilan qor yog'moqda.
Yo'lsozlarimiz tomonidan qor yog'ib turgan paytda dovonda transport vositalarining beto'xtov ikki tomonlama harakatlanishi ta'minlash maqsadida yo'llarni tunu-kun qordan tozalash ishlari amalga oshirilib, zaruriy chora-tadbirlar ko'rildi.
Hozirgi vaqtda dovonda transport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda. Yo'llarda ko'rinish 1000 metrni, havo harorati -6 daraja, namlik 83 foizni tashkil etmoqda. Shamol tezligi 2-7 m/s.
Hurmatli haydovchilar Sizlardan harakatlanishingiz davomida barcha xavfsizlik choralarini ko'rishingizni so'rab qolamiz.
Avtomobil yo'llari qo'mitasi Axborot xizmati