Qamchiq dovonida vaqti-vaqti bilan qor yog'moqda
A-373 "M-39 Guliston-Bo'ka-Angren-Qo'qon-Andijon orqali-O'sh" avtomobil yo'lining Qamchiq dovonidan o'tgan qismi 183-250 km.lar oralig'ida vaqti-vaqti bilan qor yog'moqda.
Qor yog'ib turgan paytda dovonda transport vositalarining beto'xtov ikki tomonlama harakatlanishi ta'minlash uchun "Qamchiqavtoyo'l" IYFUK tomonidan yo'llarni qordan tozalash ishlarini bajarmoqda. Transport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda. Qor. Yo'llarda ko'rinish 4000 metrni, havo harorati -3 daraja, namlik 72 foizni tashkil etmoqda. Qamchiq dovoni yo'lidan yuradigan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko'rishlarini tavsiya qilamiz.
Avtomobil yo'llari qo'mitasi
Axborot xizmati