Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Qamchiq dovonidagi yo'lning holati qanday!

2184 27-Dekabr, 2021 Chop etish Yuklab olish (PDF 17 Kb)


A-373 "M-39 Guliston-Bo'ka-Angren-Qo'qon-Andijon orqali-O'sh" avtomobil yo'lining Qamchiq dovonidan o'tgan qismida vaqti-vaqti bilan qor yog'moqda.


Qor yog'ib turgan paytda dovonda transport vositalarining beto'xtov ikki tomonlama harakatlanishi ta'minlash uchun "Qamchiqavtoyo'l" IYFUK tomonidan tunu-kun yo'llarni qordan tozalash ishlarini bajarilmoqda. 

Hozirgi vaqtda transport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda. Qor,tuman. yo'llarda ko'rinish holati 100 metrni, havo harorati -10 daraja, namlik 85 foizni tashkil etmoqda. Shamol tezligi – 4-10 m/s. "Qamchiq" dovoni yo'lidan yuradigan haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko'rishlarini tavsiya qilib qolamiz.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi 

Axborot xizmati


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali