Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Qishloq xo'jaligi texnikasi ishlab chiqarish va yetkazib berish bo'yicha dastur ishlab chiqiladi

10554 15-Mart, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 23 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 14 mart kuni qishloq xo'jaligi mashinasozligini rivojlantirish va sohani zamonaviy texnika bilan ta'minlash borasidagi ishlar natijadorligiga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi.

Prezidentning 2016-yil 17-noyabrdagi "O'zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyati faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori asosida qishloq xo'jaligi mashinasozligi tizimi qayta tashkil etildi.

2017-yilda qishloq xo'jaligi texnikasini ishlab chiqarish va lizing xizmatlari 1,7 marta, mexanizatsiya xizmatlari 2,5 barobar ortdi.

Yig'ilishda qishloq xo'jaligi texnikasi ishlab chiqarish, servis xizmatini yaxshilash, importni optimallashtirish, eksportni kengaytirish bo'yicha muayyan kamchiliklar mavjudligi, qishloq xo'jaligi texnika bilan 85 foiz ta'minlangani, ularning ma'lum qismi eskirgani, ularni o'z vaqtida yangilash choralari ko'rilmagani qattiq tanqid qilindi. Belgilangan vazifalarni o'z vaqtida ijrosini nazorat qilmagani uchun Bosh vazir o'rinbosari - "O'zagrotexsanoatxolding" aktsionerlik jamiyati boshqaruvi raisi N. Otajonovga xayfsan berildi. Ishda yo'l qo'ygan sustkashliklari uchun "O'zagrotexsanoatxolding" aksionerlik jamiyati boshqaruvi raisi o'rinbosarlari-"O'zagroservis aksiyanerlik jamiyati bosh direktori R.Ahmedov, "O'zagrolizing" aksionerlik jamiyati bosh direktori X.Imamov, Vazirlar Mahkamasi Ahborot tahlil departamenti mudiri A.Rafiqov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.

Bu boradagi kamchiliklarni bartaraf etish, sohani rivojlantirish maqsadida 2018-2021-yillarda qishloq xo'jaligi texnikasi ishlab chiqarish va yetkazib berish bo'yicha dastur ishlab chiqish vazifasi qo'yildi.

Bahorgi agrotexnika tadbirlari uchun rejalashtirilgan texnikani to'liq yetkazib berishni qattiq nazoartga olish, mashina-traktor parklari tizimini takomillashtirish zarurligi ta'kidlandi.

Manba: president.uz

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali