Qo'mita raisi o'rinbosari – "O'zyo'lko'kalamzorlashtirish" UK direktori tayinlandi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 oktyabrdagi PQ-3354-sonli qarori bilan Xurshid Mirsobirovich Mirzohidov Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisining avtomobil yo'llarini ko'kalamzorlashtirish va obodonlashtirish masalalari bo'yicha o'rinbosari - "O'zyo'lko'kalamzorlashtirish" unitar korxonasi direktori etib tayinlandi.
Eslatib o'tamiz, "O'zyo'lko'kalamzorlashtirish" unitar korxonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yilning 11 sentyabrdagi "Avtomobil yo'llaridagi ko'kalamzorlashtirish va me'moriy-landshaft qurilmalari tizimlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga asosan tashkil etilgan bo'lib, "Avtoyo'lko'kalamzorlashtirish" korxonasi negizida tashkil etilgan edi.
Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi
matbuot xizmati