"Qo'yliq ko'priklar temirbeton qurilmalar tajriba zavodi" unitar korxonasi
"Qo'yliq ko'priklar temirbeton qurilmalar tajriba zavodi" unitar korxonasi
Jabbor berganov Alisher Mamadiyorivich
Qabul kunlari: Chorshanba soat 15:00-16:00
Toshkent shaxar, 100146, Xamza tumani, Quruvchilar ko'chasi 12-uy
(0 371) 144-68-50
(0 371) 280-06-44
"Qo'yliq ko'priklar temirbeton qurilmalar tajriba zavodi" unitar korxonasining funksional vazifalari
- yo'l qurilish ishlariga yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalar qo'llash orqali raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish va yetkazib berish;
- temir-beton, tovar-beton va noruda mahsulotlarini hamda metal qurilmalar va mahsulotlar ishlab chiqarish va sotish;
- avtotransport, temir yo'l transporti va boshqa transport vositalari bilan yuk tashish xizmatlarini ko'rsatish;
- o'zi ishlab chiqargan mahsulotlarni o'zaro tuzilgan shartnomalar asosida mulkchilik shaklidan qat'iy nazar korxona, tashkilotlarga va fuqarolarga realizatsiya qilish;
- ishlab chikarishga ilg'or tajriba, yangi texnika, texnologiya va samarali yo'l-kurilish materiallari, mehnatni tashkil etish va boshqarish soxasidagi ilg'or tajribalarni tadbiq etish;
- ishlab chiqarishni texnikaviy va ashyoviy ta'minoti, aniq ish bajaruvchini tanlash, ish xaqi to'lashni o'rnatilgan tartib va usullarni qo'llash, ishchi xizmatchilarni ijtimoiy himoyalash va o'z-o'zini boshqarish masalalarini mustaqil hal qilish, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish talablarini bajarish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
- issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va sotish;
- temir yo'l xizmatlarini, shu jumladan temir yo'l yuk hovlisi xizmatlarini ko'rsatish;
- avtomobil transportida yo'lovchi tashish;
- noruda mahsulotlarini qazib olish, qayta ishlash va sotish;
- o'zaro pudrat shartnomalari bo'yicha boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ish bajarish, xizmatlar ko'rsatish;
- Korxona ishlab chikarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, mehnat jamoalarining ijtimoiy xayotini yaxshilash uchun sharoitlar yaratish;
- ulgurji, chakana savdo;
- turli sohalarda xaq evaziga xizmat ko'rsatish;
- foyda olish maqsadida O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi doirasida boshqa faoliyat turlari bilan shug'ullanish.