Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Qurilishni texnik nazorat qilish bo'yicha konsalting xizmatlariga Qiziqish Bildirishni (QB) taqdim etish uchun e'lon

2885 31-Avgust, 2021 Chop etish Yuklab olish (PDF 11 Kb)

Loyiha soni

53312-001-UZB

Loyiha nomi

4R105 "Darband – Boysun – Elbayon" avtomobil yo'lining 5 – 70 km qismini va 4R100 "Mang'uzor – Jarqo'rg'on – Bandixon – Oltinsoy – Denov" avtomobil yo'lining 128 – 174 km qismini rekonstruksiya qilish loyihasi (National Road Development Project)

Topshiriqning nomi

Qurilishni texnik nazorat qilish bo'yicha Konsultant

Loyiha joylashgan davlat

O'zbekiston Respublikasi

 

O'zbekiston Respublikasi tomonidan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) mablag'lari hisobidan Surxondaryo viloyatining 106,4 km uzunlikdagi 4R105 "Darband – Boysun – Elbayon" avtomobil yo'lining 5 - 70 km qismini va 4R100 "Mang'uzor – Jarqo'rg'on – Bandixon – Oltinsoy – Denov" avtomobil yo'lining 128 - 174 km qismini sement-beton qoplamali yo'lga o'tkazgan holda rekonstruksiya qilish loyihasini moliyalashtirish so'ralgan. Ushbu mablag'ning bir qismi qurilishni texnik nazorat qilish konsultant shartnomasi to'lovlariga yo'naltiriladi.

Konsalting xizmatlari ("Xizmatlar") qurilishni texnik nazorat qilishni o'z ichiga oladi. Konsalting xizmatlari loyihaning ishchi hujjatlarini ko'rib chiqish va yakuniy "qurilish uchun berilgan" chizmalarni tekshirish, sifat va miqdor bo'yicha, qurilish shartnomalari bo'yicha barcha ishlarni nazorat qilish va sertifikatlashni o'z ichiga oladi, hamda xizmatlar qurilish shartnomalari bo'yicha boshqaruv va foyda, xizmatlar monitoringi va baholashni 30 kalendar oy davomida va 24 kalendar oy davomida (xodimlar soni qisqartiligan holda) qurilishga berilgan kafolat davrida taqdim etilishi ko'zda tutilgan.

            O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasi OTBga a'zo davlatlardan bo'lgan konsalting firmalarni ("Konsultantlar") qurilish ishlarini texnik nazorat qilish bo'yicha xizmatlarni ko'rsatishga qiziqish bildirishni taqdim etishga taklif qiladi. Qiziqish bildiradigan Konsultantlar xizmatlarni bajarish uchun zarur malakaga va tegishli tajribaga ega ekanliklarini ko'rsatuvchi ma'lumotlarni taqdim etishlari lozim.

             Xizmatlar haqida batafsil ma'lumot OTBning CSRN (www.csrn.adb.org) saytiga ilova qilingan Texnik topshiriqda berilgan.

Batafsil ma'lumotlar  (.pdf formatida yuklab olish)

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali