Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Samarqanddan Navoiygacha bo'lgan avtomobil yo'llari ta'mirlandi

13310 22-May, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 26 Kb)


Yaqin paytgacha Samarqand shahri orqali Navoiy, Buxoro yoki Urganchga avtomobilda yo'l olgan haydovchi va yo'lovchilar aynan Samarqand va Navoiy shaharlari o'rtasidagi avtomobil yo'lining sifatiga e'tiroz bildirishar, yo'l ahvoli haqli e'tirozlarga sabab bo'lardi. Bugungi kunda aynan shu yo'llar ta'mirlandi.

Gap shundaki, "O'zavtoyo'l" DAK tizimidagi Samarqand xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yo'llarini saqlashga ixtisoslashtirilgan ta'mirlash-foydalanish korxonasi tomonidan 2015 yilning 25 aprelidan to 20 mayiga qadar xalkaro ahamiyatdagi M-39 "Almati-Bishkek-Toshkent-Termiz" avtomobil yo'lining 1037-1135 kilometrlari oralig'ida, M-37 "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo'lining 0-147 kilometrlarida va M-37a "Samarkand halka yuli" avtomobil yulining 33-46 kilometrlarida joriy ta'mirlash va saqlash ishlari bajarildi. Bu esa Samarqand viloyatining Bulung'ur, Jomboy, Urgut, Samarqand, Oqdaryo, Ishtixon, Kattaqo'rg'on, Narpay va Paxtachi tumanlari hamda Samarqand va Kattaqo'rg'on shaharlaridan o'tgan hududlarga to'g'ri keladi.

Bu ishlarga 1,8 milliard so'mdan ziyod mablag' sarflandi.

"Asosiy maqsadimiz - avtomobil yo'llarining holatidan kelib chikib, yo'lning qatnov qismini yaxshilash, avtomobillar harakatini to'xtovsiz tashkil etish, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash va yurtdoshlarimizning haqli e'tirozlariga sabab bo'layotgan kamchiliklarni bartaraf etish edi, - deydi korxona direktori Feruz Yoqubov. Buning uchun birinchi navbatda yo'lning qatnov qismini yaxshilab, qoplamani har xil chiqindilardan tozalash, qish mavsumidan keyin paydo bo'lgan chuqurlarni yamash, temir-beton to'siqlarni yangilash, obodonlashtirish, eskirgan yo'l belgilarini yangisiga almashtirish kabi va boshqa ishlar amalga oshirildi".

Korxona rahbarining aytishicha, hozirgi kunda yo'l-ta'mirlash ishlari 4R-46 "Samarqand sh.-Juma sh.-Kattaqo'rgon sh" avtomobil yo'lining 0-49 kilometrlari oraligida, ya'ni Samarqanddan Kattaqo'rg'onga Juma shahri orqali boriladigan yo'lda ham davom ettirilmoqda. Bu yo'lning qatnov qismidagi buzilishlar va chuqurchalar ta'mirlandi. Ayni paytda esa eskirgan yo'l belgilarni almashtirish va yangilarini o'rnatish yo'l elementlarini ohaklash va ranglash ishlari tugatilmoqda.

Darvoqe, ta'mirlash ishlari Samarqandni Shahrisabz bilan bog'laydigan Taxti Qoracha dovonidagi 20 km yo'lda ham o'tkazilmoqda. Bugunga qadar dovonda 3000 tonnadan ortiq asfalt-beton qoplamasi yotqizildi. Ko'chkilar natijasida to'planib qolgan 5000 metr kubdan ortiqrok tog' jinslari olib tashlandi.

Ma'lumot o'rnida aytib o'tish kerakki, yo'lsozlar tomonidan avtomobil yo'llarini ta'mirlash va yangilarini qurish ishlari Respublikamizning barcha hududlarida davom etmoqda.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali