Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish hududlarning ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga xizmat qilmoqda

12349 14-Sentyabr, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 12 Kb)

Mamlakatimizda sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hududlarda ishlab chiqarish hajmi va sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 

Farg'ona viloyatida ham bu borada amalga oshirilayotgan loyihalar yuksak samaralar bermoqda. 

Viloyat hokimligidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, mavjud sanoat korxonalarining bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinayotgani texnologik jarayonlarni yangilash, jahon bozorida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish ko'lamini kengaytirish, mahalliy bozorni import o'rnini bosadigan mahsulotlar bilan to'ldirishda muhim omil bo'layotir. 

Ishlab chiqarishni tarkibiy o'zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta'minlashga qaratilgan e'tibor natijasida viloyatda kimyo mahsulotlari, rezina va plastmassa buyumlar, to'qimachilik, kiyim-kechak, oziq-ovqat, charm va qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi yanada ortdi. Investitsiya dasturi doirasida 138,6 milliard so'mlik mablag'lar o'zlashtirildi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 1 ming 138 loyiha amalga oshirildi. 

O'zbekiston tumanidagi "Turon eco cement" korxonasida yiliga 100 ming tonna, Farg'ona tumanidagi "Fergana Asiana" qo'shma korxonasida yiliga 3 ming 600 tonna ip-kalava ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Qo'qon shahridagi "Indorama Qo'qon tekstil" korxonasida to'rtinchi bosqich ishga tushirilib, ishlab chiqarish hajmi yanada oshishiga erishildi hamda qo'shimcha 280 yangi ish o'rni yaratildi. 

Viloyatda yengil sanoat tarmog'i ham rivojlanmoqda. Texnologiyalari ma'naviy eskirgan paxtani qayta ishlash korxonalarida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlari sohada jahon bozori talablariga javob beradigan sifatli tola ishlab chiqarish imkonini berdi. Buning samarasida ana shu turdagi raqabotbardosh mahsulotlar eksporti hajmi oshdi. Mahalliy yengil sanoat korxonalarini sifatli tola va ip-kalava bilan uzluksiz ta'minlash uchun qulay sharoit yaratildi. 

Ayni paytda qo'shma va xususiy korxonalarga zamonaviy uskunalar o'rnatilayotgani iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan an'anaviy o'tkazib kelinayotgan Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi korxonalarni texnologik yangilash, mahalliy xomashyodan xaridorgir, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish, xususiy sektorni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda. 

Rishton tumanidagi "RusO'zbekteks" mas'uliyati cheklangan jamiyatida modernizatsiya ishlari amalga oshirilib, mahsulot sifati yanada yaxshilandi. Korxonaning zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangani raqobatbardosh tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Yiliga 4 ming tonna paxta xomashyosini qayta ishlash quvvatiga ega korxonada 400 dan ziyod kishi mehnat qilmoqda. 

– Ip-kalava mahsulotlarimizga tashqi bozorda ham talab ortmoqda, – deydi korxona rahbari Olimjon Olimov. – O'tgan davr mobaynida 2 million 957 ming dollarlik mahsulot eksport qilindi. 2016-2017-yillarga mo'ljallangan maqsadli dasturga asosan korxonamizda uchinchi bosqich modernizatsiya ishlari amalga oshirilayotir. Unga ko'ra, joriy yilda umumiy qiymati 400 ming dollarlik ilg'or texnologiyalar o'rnatiladi. 

Korxonada zamonaviy uskunalarni yuksak mahorat bilan boshqarayotgan ishchilarning aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlardir. 


 O'zA

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali