Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroportini koʻzdan kechirdi

8056 15-Noyabr, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 94 Kb)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-noyabr kuni Nukus shahriga tashrif buyurib, dastlab Nukus xalqaro aeroportida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlarini koʻzdan kechirdi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil yanvar oyidagi tashrifi chogʻida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida bu yerda qariyb 80 milliard soʻmlik ishlar bajarilgan. Aeroport binosi rekonstruksiya qilinib, terminal kengaytirilgan, zamonaviy jihozlangan.


Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroporti Qoraqalpogʻistonni iqtisodiy rivojlantirish, biznes aloqalarni kengaytirish, turistlar oqimini koʻpaytirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

president.uz

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali