Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Shavkat Mirziyoyev Pekinga keldi

4761 24-Aprel, 2019 Chop etish Yuklab olish (PDF 22 Kb)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Pekinga keldi.

"Shoudu" xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Xitoy rasmiy shaxslari kutib oldi.

Birinchi "Bir makon, bir yoʻl" xalqaro forumi 2017 yilda oʻtkazilgan, unda ham davlatimiz rahbari qatnashgan edi. Bu galgi sammitda 40 dan ziyod mamlakat, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Anjuman kun tartibidan mintaqadagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, uzoq muddatli taraqqiyotning yangi manbalarini izlab topish borasidagi sheriklikni faollashtirish, "yashil" iqtisodiyot va innovatsiyalarni ilgari surish, ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari oʻrin olgan.

Forumning asosiy tadbirlari ertaga, 25 aprel kuni boshlanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev XXR Raisi Si Szinpin, qator davlatlar va xalqaro moliyaviy institutlar, shuningdek, Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.

OʻzA

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali