Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Shavkat Mirziyoyev Prezident lavozimiga kirishdi

12886 14-Dekabr, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 700 Kb)


Shavkat Mirziyoyev qasamyod qabul qildi va O'zbekiston Prezidenti lavozimiga kirishdi.

14-dekabr kuni Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimi bilan ochildi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, tantanali marosimda hukumat a'zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Markaziy saylov komissiyasi rahbariyati, mamlakatdagi xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari, milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.


Qo'shma majlisni O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Ulug'bek Abdusalomov ochdi. U 4-dekabr kuni bo'lib o'tgan Prezident saylovi yakunlari bo'yicha saylovchilarning 88,61 foiz ovozi bilan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O'zbekiston Liberal- demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganini ta'kidladi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi zalda hozir bo'lganlar va saylovchilar nomidan Shavkat Mirziyoyevni O'zbekiston Prezidenti etib saylangani bilan samimiy tabriklab, unga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti guvohnomasi va O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirdi.


Konstitutsiyaning 92-moddasiga muvofiq Prezident Shavkat Mirziyoyev qasamyod qildi: "O'zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat'iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman".

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali