Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Shoushenkdan qochish, yoxud yo'l ostidan qanday tunnel qazilmoqda?

2391 13-Yanvar, 2022 Chop etish Yuklab olish (PDF 26 Kb)


Respublika ahamiyatidagi 4 R-176 B (Dardent ko'chasi) avtomobil yo'lida suv tarmog'ini o'tkazish uchun hususiy sektordagi korxonaga Nukus shahri hokimligi va bir qator tashkilotlar tomonidan tegishli tartibda order berilgan edi.


Shuningdek, korxona Qoraqalpog'iston Respublikasi Avtomobil yo'llari bosh boshqarmasidan texnik shart (tex usloviya) olgan holda, belgilangan tartibda qazish ishlarini olib borishi kerak edi. Edi… baxtga qarshi. Texnik shart olinmagan. Bundan tashqari, orderda yozilishi bo'yicha ham qazish uchun belgilangan vaqt muddati o'tib ketgan. Qazish sifatsiz va talabga javob bermaydi.

Voqea joyini o'rganganimizda birorta ham havfsizlik qoidalari, yo'l harakati qoidalariga amal qilinmay o'tganining guvohi bo'ldik. Qazish ishlari o'ta qo'pol va xavfli turda olib borilmoqda. Harakat jadalligi yuqori, yana ushbu o'rindan mashinalar yasama notekislik mavjudligi sababli to'xtab, og'irlik solib o'tadi. Yo'lni qazib, kommunikatsiya tarmog'i o'tkazilgandan so'ng, yo'l asosi (osnovanie avtomobilnoy dorogi) mustahkamligini o'z holiga keltirish, qoplamani tiklash masalalari bir chekkada tursin, qazuvchilarning to'proq tagida qolish ehtimoli nima bo'ladi? Axir bu joydan biz o'zimiz ham guvohi bo'lgan yuk avtomashinalari ham o'tadiku?

Shu holatda suv tarmog'ini o'tkazgan bilan yo'l asosi mustahkamligi saqlanmaydi. Oddiy qilib aytganda trambovka qilinmaydi. Natijada vaqt o'tib, yo'lning ushbu qismida cho'kish (o'tirish) paydo bo'lishi aniq. Yo'ldan qanday kommunikatsiya tarmog'i o'tkaziladigan bo'lsa yo'l to'liq ochiq turda qazilishi kerak, teshib o'tish uslubi zarur joyda bo'lsa, bir gina yo'l bilan tarmoq o'tkaziladi. 

Bu yerda yo'l ikkinchi masala, birinchi masala bo'lsa qatnov yuqori bo'lgan yo'l tagida qazish ishlarini olib borayotgan inson tag'diri. "Yomon aytmay, yaxshi yo'q" deganlaridek, to'proq ko'chishi sodir bo'lsa kimningdur oilasi otasiz, kimdir farzand dog'ida qolishi mumkin.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Axborot xizmati


Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali