"SWARCO" korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv
"O'zavtoyo'l" DAK rahbariyati bilan Avstriyaning "SWARCO"
korporatsiyasi kuzatuv kengashi a'zolari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda kelgusida yo'l
xo'jaligi sohasida amalga oshirilishi mumkin bo'lgan hamkorlik masalalari
muhokama etildi. Xorijiy delegatsiya rahbari, "SWARCO" korporatsiyasi kuzatuv
kengashining a'zosi Aleksandr Svarovskining ta'kidlashicha, korporatsiya intellektual
transport boshqaruvi tizimlari ishlab chiqarish va uni amaliyotga joriy etishda
jahonda ko'zga ko'ringan kompaniyalardan sanaladi. Kompaniya yo'l usti
chiziqlari uchun bo'yoqlar, svetodiod mahsulotlar ishlab chiqarishda,
shuningdek, yo'l harakatini intellektual boshqarish tizimlarini amaliyotga
joriy etishda anchagina tajribaga ega.
Ma'lumot o'rnida qayd etish
mumkinki, korporatsiya jahonning 20 ta davlatida 80 dan ortiq kompaniyalarga
ega. "SWARCO"ning yo'l harakatini boshqarish tizimlari Yevropaning Budapesht,
Berlin, Stokgolm va boshqa yirik shaharlarida amaliyotga joriy qilingan va
o'zini oqlagan.
"O'zavtoyul" kompaniyasi
boshqaruvi raisi A.Abduvaliev o'z so'zida bu kabi amaliy uchrashuvlar foydadan
xoli emasligini ta'kidladi.
Uchrashuv davomida "O'zavtoyo'l"
DAK rahbariyati tomonidan -Respublikadagi yo'l usti chiziqlari uchun bo'yoq
mahsulotlari va o'zidan yorug'lik chiqaradigan yo'l belgilari sifatini yanada
yaxshilash, shuningdek, bu kabi mahsulotlarni keng miqyosda ishlab chiqarishga
ehtiyoj borgan sari ortib borayotganini inobatga olgan holda, shu turdagi
mahsulotlar ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma korxonalar barpo etish
imkoniyatlarini ko'rib chiqish taklif etildi.
Tomonlar hamkorlik masalalarini istiqbolda ham muhokama qilishga tayyor ekanliklarini ma'lum qilishdi.
"Uzavtoyul" AK Matbuot xizmati