Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Tadbirkorlar va manfaatdor xo'jalik yurituvchi sub'ektlar diqqatiga!

11309 23-Aprel, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 25 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 13 martdagi 59-sonli "2015 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsiya birjasini tashkillashtirish hamda o'tkazish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosi yuzasidan "O'zavtoyo'l" DAK tizimidagi korxonalar joriy yilning 29 aprel - 1 may kunlari "O'zekspomarkaz" MKM hududida o'tkaziladigan tarmoq sanoat yarmarkasida ishtirok etadi.

Yarmarkaning asosiy maqsadi – sohada faoliyat yurituvchi korxonalarga ishlab chiqarishdagi uzoq muddatli o'zaro aloqalarda hamda qayta ishlangan xomashyo, materiallar va butlovchi qismlarni, tayyor mahsulotlarni yetkazib berishda ko'maklashish, shuningdek, tarmoq va tarmoqlararo kooperatsiyani rivojlantirish yo'li bilan yangitdan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan yaqindan tanishishdir.

Tarmoq sanoat yarmarkasida "O'zavtoyo'l" DAK tarkibidagi korxonalardan tashqari "O'zbekiston havo yo'llari" MAK, "O'zbekiston temir yo'llari" DATK, "O'zqurilishmateriallari" AK, "O'zmontajmaxsusqurilish" hamda "Toshshahartransxizmat" uyushmalari tizimlariga kiruvchi korxonalar, shuningdek, kichik va xususiy biznes vakillari qatnashib, ishlab chiqarish salohiyatlarini namoyish etishadi.

  Korxona va tashkilotlar o'zlarining texnik va texnologik imkoniyatlarini yanada yaqqol namoyish etishlari uchun uch kun mobaynida ular tomonidan taqdimotlar o'tkaziladi.

Yarmarka o'tkazilayotgan kunlarda "O'zavtoyo'l" DAK tarkibidagi korxonalar tomonidan 32 turdagi mahsulotlar namoyishi tashkil etiladi.

 "O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali