TENDER O'TKAZISH UCHUN TEXNIK TOPSHIRIQ
"O'ZYO'LBUTLASH" Respublika ta'minot boshqarmasi unitar korxonasi tomonidan BND 60/90 markali yo'lbop bitum xarid qilish bo'yicha TENDER O'TKAZISH UCHUN TEXNIK TOPSHIRIQ
Xarid qilinadigan tovarning nomi va markasi : BND 60/90 markali yo'lbop yopishqoq neft bitumi
Buyurtmachining to'liq nomi: "O'ZYO'LBUTLASH" Respublika ta'minot boshqarmasi unitar korxonasi
Buyurtmachining yuridik va elektron manzili: Toshkent shahri Ziyolilar ko'chasi 42 – uy, Indeksi 100170 el.pochta: "uzdorkomplekt@mail.ru"
Tender o'tkaziladigan manzil:Toshkent shahri Ziyolilar ko'chasi 42 - uy
Tovar to'g'risida izoh : Yo'lbop yopishqoq neft bitumi avtomobil yo'llarining qoplamasini yotqizish uchun tayyorlanadigan asfaltbeton qorishmasi uchun sarflanuvchi asosiy mahsulot.
Tovarning texnik tavsifi: GOST- 22245-90
Tovarning yetkazib berish shartlari: SIP (Inkoterms 2010) O'zbekiston xududidagi yo'nalishi va manzili har bir partiya uchun qo'shimcha ravishda belgilanadi
Tovar miqdori: 100 000,0 (yuz ming) tonna
Yetkazib beruvchiga qo'yiladigan talablar: Norizident, normativ xujjatlarda belgilangan sifatga javob berishi, yetkazib berish grafigiga qat'iy amal qilish, yetkazib beriladigan har bir partiya tovarning kelib chiqish sertifikati bo'lishi shart
Tijorat takliflarini taqdim etish shartlari: Tijorat takliflari yetkazib beruvchining rasmiy blankasida korxona muhri va rahbaring imzosi bilan asl nusxasi va unga ilova qilingan hujjatlar DHL ekspress pochtasi orqali va skaner qilingan nusxalari elektron pochta orqali taqdim etilishi shart
Tijorat taklifiga quyidagi hujjatlar ilova qilinishi shart
1.Yetkazib beruvchi to'g'risida ma'lumot (reklama prospektlari ko'rinishida);
2.Davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risida guvohnoma;
3.Yetkazib beruvchining bitum ishlab chiqaruvchi bilan o'zaro tuzilgan shartnomasi asl nusxasi yoki notarial tasdiqlangan nusxasi
4.Tovarning narxi;
5.Har oyda yetkazib berish muddatlari va miqdorlari;
6.Bitum ishlab chiqaruvchi zavodning kvalifikatsiya sertifikati;
Moliyalashtirish manbayi: "O'ZYO'LBUTLASH" RTB UK ning aylanma mablag'lari
To'lov shartlari va shakllari: Kontrakt shartlariga asosan
Xarid qiymati: Bozor kon'yunkturasiga qarab belgilanadi
Yetkazib berish muddatlari: 2021 yil 1 martdan - 30 oktyabrgacha
Yetkazib berish grafigi: Har oy 12 500 tonnadan
Xujjatlarni qabul qilish muddati: 30 yanvar 2021 yil
Ma'lumotlar olish bo'yicha mas'ul shaxs: Tursunov Nodir Baqoevich tel. +99897 773 13 57