Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Tender savdolarida qatnashish uchun e'lon

3057 3-Noyabr, 2021 Chop etish Yuklab olish (PDF 11 Kb)

Sana:

2021 yil 9 Sentyabr

Qarz bitimi nomeri va nomi:

53312-001-UZB: 4R105 "Darband – Boysun – Elbayon" avtomobil yo'lining 5 - 70 km qismini va 4R100 "Mang'uzor – Jarqo'rg'on – Bandixon – Oltinsoy – Denov" avtomobil yo'lining 128 - 174 km qismini rekonstruksiya qilish loyihasi
(National Road Development Project)

Shartnoma nomeri va nomi:

i) SRRP/CW-01: 4R105 avtomobil yo'lining 5 – 37,5 km qismini rekonstruksiya qilish, shuningdek WIM tizimini loyihalash, yetkazib berish va o'rnatish.

ii) SRRP/CW-02: 4R105 avtomobil yo'lining 37,5 – 70 km qismini rekonstruksiya qilish

iii) SRRP/CW-03: 4R100 avtomobil yo'lining 128 – 174 km qismini rekonstruksiya qilish, shuningdek WIM tizimini loyihalash, yetkazib berish va o'rnatish.

Takliflarning qabul qilinish yakuniy muddati:

2021 yilning 30 noyabr, soat 15:00 gacha (Toshkent vaqti bilan) uzaytirildi.

 

   O'zbekiston Respublikasi tomonidan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) mablag'lari hisobidan 106,4 km uzunlikdagi 4R105 "Darband – Boysun – Elbayon" avtomobil yo'lining 5 - 70 km qismini va
4R100 "Mang'uzor – Jarqo'rg'on – Bandixon – Oltinsoy – Denov" avtomobil yo'lining
128 - 174 km qismini sement-beton qoplamali yo'lga o'tkazgan holda rekonstruksiya qilish loyihasini moliyalashtirish so'ralgan. Ushbu mablag'ning bir qismi qurilish-montaj ishlarini bajarish bo'yicha shartnoma to'lovlariga yo'naltiriladi.

    Tender ishtirokchilari tender hujjatlarida ko'rsatilgan bir yoki bir nechta shartnomalar bo'yicha qatnashishlari mumkin. Agar bir nechta shartnoma tuziladigan bo'lsa, chegirmalar berishni istagan ishtirokchilarga ruxsat beriladi, agar ushbu chegirmalar taklif xatiga kiritilgan bo'lsa.

    Avtomobil yo'llari qo'mitasi (Buyurtmachi) munosib qatnashchilardan quyidagi yo'llarni qurish va yakunlash ishlari ("ishlar") uchun muhrlangan takliflarini topshirishga taklif qiladi. Qurilish ishlarining umumiy tavsifi va tender qatnashchilarining asosiy malaka mezonlari quyida keltirilgan (qo'shma korxona sifatida faoliyat olib borayotgan korxonalarga ushbu mezonlarni qo'llash usuli tender hujjatlarida batafsil keltirilgan). Shartnoma bo'yicha har bir belgilangan Lot doirasida qurilish ishlarini bajarish muddati 730 kunni tashkil qiladi.

Batafsil ma'lumotlar  (.docx formatidayuklab olish)

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali