Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Toshkentda Afg'oniston delegatsiyasi bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi

7275 10-Yanvar, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 356 Kb)


O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 9-yanvar kuni Toshkentda Afg'oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Hikmat Xalil Karzay bilan uchrashdi. 

Muloqot chog'ida mamlakatlarimiz o'zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko'tarishdan manfaatdor ekani ta'kidlandi. Ikki tomonlama aloqalarning bugungi holati va istiqboli yuzasidan fikr almashildi. 


O'zbekiston Afg'onistondagi qurilish, energetika, tog'-kon sanoati va ta'lim sohalaridagi loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. "O'zbekiston temir yo'llari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan Hayratondan Mozori Sharifgacha temir yo'l liniyasi qurilgan. Mamlakatimizning ko'magi bilan Afg'onistonda ko'priklar, yuqori voltli elektr liniyalari, optik tolali kabel liniyalari, suv ta'minoti tarmog'i barpo etilgan. Mamlakatlarimiz o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko'p. 

Uchrashuvdan so'ng O'zbekiston – Afg'oniston siyosiy maslahatlashuvlarining birinchi raundi bo'lib o'tdi. 

Tadbirda mamlakatlarimiz o'rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport kommunikatsiyalari, madaniy-gumanitar kabi sohalardagi aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

Afg'oniston delegatsiyasi O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ham muzokara o'tkazdi.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali