Toshkentda IHT TIVKning 43-sessiyasi o'z ishini boshladi
2016-yilning 18-oktabr kuni Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi o'z ishini boshladi.
Unda 50 dan ortiq a'zo davlatlar, kuzatuvchi mamlakatlar hamda qator xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Toshkent sessiyasi IHT TIVKning 2017-yilda bo'lib o'tadigan navbatdagi majlisiga qadar O'zbekiston Respublikasi raisligining rasman boshlanishi bo'ladi.
O'zbekiston rasiligining shiori – "Ta'lim va ma'rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo'li".