Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Toshkentdagi ta'mirlanadigan ko'chalar ro'yxati tasdiqlandi

9173 17-Avgust, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 25 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 5 avgustdagi "Toshkent shahridagi magistral ko'chalarni modernizatsiya va rekonstuktsiya qilish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi  227-sonli qarori bilan  2015-2016 yillar davomida poytaxtning rekonstruktsiya qilinadigan va ta'mirlanadigan magistral ko'chalari ro'yxati tasdiqlandi.

Hukumatning mazkur hujjati bilan shaharning magistral ko'chalaridagi rekonstruktsiya qilish va ta'mirlash, shuningdek, hududlarning me'moriy qiyofasini yangilash va obodonlashtirish ishlari bo'yicha buyurtmachi sifatida – Toshkent shahar hokimligining "Yagona buyurtmachi xizmati" injiniring kompaniyasi, bosh loyihachi tashkilot sifatida esa  "ToshkentboshplanLITI" DUK belgilandi.

Qarorga asosan poytaxtdagi ro'yxatga kiritilgan magistral ko'chalarning rekonstruktsiyasi va ta'miri, hududlarning me'moriy qiyofasi yangilanishi hamda obodonlashtirilishining sifatli va o'z vaqtida bajarilishi bo'yicha - Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi va "O'zavtoyo'l" DAK rahbariyati shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qo'yildi.

            Tasdiqlangan ro'yxatga ko'ra, Mustaqillik, Mirzo Ulug'bek, Do'rmon, Taraqqiyot, Do'stlik ko'chalaridagi - modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlari, mazkur hududlarning me'moriy qiyofasi yangilanishi va obodonlashtirish ishlari, shuningdek, tramvay yo'llarini olib tashlash, yorituvchi uskunalarni ta'mirlash kabi ishlar 2015 yil oxirigacha o'z yakuniga yetadi.

            Bobur ko'chasining – aeroport hududidan O'zbekiston ko'chasigacha bo'lgan qismi; Nukus ko'chasining – Bobur ko'chasidan Abdulla Qodiriy ko'chasigacha bo'lgan qismi va Mustaqillik ko'chasigacha; Afrosiyob ko'chasining – Sharof Rashidov ko'chasidan to Nukus ko'chasigacha bo'lgan qismi; shuningdek, Amir Temur ko'chasining Amir Temur xiyobonidan Quloqtepa ko'chasigacha bo'lgan qismidagi  modernizatsiya va rekonstruktsiya ishlari esa - 2015-2016 yillar davomida amalga oshiriladi. 

"Uzavtoyul" AK Matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali