Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Turkiya kompaniyasi bilan muzokaralar

11560 12-Oktyabr, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 17 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasida yurtimizga tashrif buyurgan Turkiyaning "Altekma" kompaniyasi rahbariyati bilan amaliy uchrashuv bo'lib o'tdi. 

Mazkur uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad – O'zbekiston avtomobil yo'llarining qurilishi hamda saqlash ishlarida qo'llaniladigan yo'l chiziqlari mahsulotlari hamda yo'l belgilari ishlab chiqarish bo'yicha hamkorlik masalalarini muhokama etishdan iborat edi. 

Uchrashuv chog'ida O'zbekistonda yo'l chiziqlari va yo'l belgilarida qo'llaniladigan yuqori sifatli maxsus bo'yoqlar ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma korxona tashkil etishning istiqbollari muhokama etildi. 

Muzokaralar davomida tomonlar o'zaro manfaatli aloqalarning muhim jihatlari bo'yicha istiqbolda ham o'zaro hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishdi. 

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali