Turkmaniston Prezidentining O'zbekistonga tashrifiga doir
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 2015-yil 7-8-oktabr kunlari
rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo'ladi.
Oliy darajadagi uchrashuvlar
chog'ida O'zbekiston va Turkmanistonning siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport va
kommunikatsiyalar, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorligining
bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish,
dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish
rejalashtirilgan.
Tashrif yakunlari bo'yicha ikki
davlat rahbarlarining Qo'shma bayonotini qabul qilish, iqtisodiyot, transport,
bojxona, turizm, fan-texnika, sog'liqni saqlash va sport sohalaridagi o'zaro
manfaatli aloqalarni izchil rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolanishi
mo'ljallangan.