Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Valyuta siyosati erkinlashtiriladi

12512 29-Noyabr, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 26 Kb)


O'zbekistonda valyuta siyosatining keng miqyosda erkinlashtirishi kutilmoqda.

O'zbekistonda 2017-yildan boshlab ichki valyuta bozorini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik sub'ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyati uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan valyuta siyosatini keng miqyosda erkinlashtirish kutilmoqda. Ushbu o'zgarishlarini o'zida ifoda etgan "Valyuta siyosatining ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirildi.

Hujjatda quyidagilar valyuta siyosatini liberallashtirishning asosiy ustuvor yo'nalishlar qilib belgilangan:

Barcha davlat organlarining nazorat-cheklash orqali boshqarish usullarini himoyalash-rag'batlantirish yondashuviga o'zgartirish, bunda xususiy aktivlarni o'z ixtiyoriga ko'ra boshqarish huquqini amalga oshirishni ta'minlash va qulay investitsion iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yaratishni ko'zda tutish;

Respublikaning eksport salohiyatini rag'batlantirish, milliy ishlab chiqaruvchilarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish;

Tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha ishtirokchilariga valyuta operatsiyalarin amalga oshirishda teng sharoitlar yaratish, bunda alohida korxona yoki sohalarga imtiyoz va preferensiyalar taqdim etish amaliyotini taqiqlash;

Milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan qiymatini faqatgina bozor mexanizmlaridan foydalangan holda o'rnatish;

Milliy valyuta barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi qonunchilik normalarining o'rnatilishiga yo'l qo'ymaslik.

Quyidagilar bilan mos keluvchi tartiblarning o'rnatilishi rejalashtirilmoqda:

O'zbekiston hududida sotilayotgan (ko'rsatilayotgan) tovarlar va xizmatlar narxlari, jamiyatlar ustav kapitaliga eng kam talablar faqatgina milliy valyutada belgilanishi lozim;

O'zbekiston hududida tovar va xizmatlar uchun xorijiy valyutada to'lovlarni amalga oshirish to'lov kartalar orqali to'lovlarni amalga oshirish istisno qilingan holda qat'iyan taqiqlanadi;

O'zbekiston hududida davlat bojlari, yig'imlar va boshqa majburiya to'lovlar faqatgina milliy valyutada qabul qilinadi, bunda O'zbekiston norezidentlaridan erkin bojxona zonalari va erkin omborxonalar hududlarida olinadigan bojxona yig'imlari istisno etiladi.

Yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mablag'larini erkin tasarruv etish huquqlarini to'laqonlik ta'minlash maqsadida quyidagilar o'rnatiladi:

Valyuta daromadlari va yuridik shaxslar hisoblarida mablag'lar mavjud bo'lgan hollarda xorijiy valyutada foyda, dividentlar va boshqa daromadlarni aksionerlar (ishtirokchilar) qarori asosida to'lashga ijozat beriladi;

O'zbekiston hududida jismoniy shaxslar o'rtasida bank o'tkazmalari, pochta o'tkazmalari yoki to'lov tizimlaridan foydalangan holda xorijiy valyuta mablag'larini ўтказишга ruxsat beriladi;

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga yuridik shaxs tashkil etmasdan o'z bank hisoblari orqali import mahsulotlari va xizmatlari uchun to'lovlarni amalga oshirishga ijozat beriladi;

Eksportyor va importyorlar ular tomonidan imzolangan tashqi savdo shartnomalari bo'yicha to'lov shaklini valyuta nazorati qonunchiligi doirasida o'z xohishiga ko'ra erkin tanlaydi;

hukumat qarorlari bilan o'rnatilgan istisnoli hollardan tashqari, 10 ming AQSH dollari ekvivalentiga teng miqdorgacha bo'lgan naqd puldagi xorijiy valyutani respublikadan olib chiqib ketish hech qanday cheklovlarsiz amalga oshiriladi. Bunda 2000 AQSH dollari ekvivalentigacha miqdorda bo'lgan naqd puldagi xorijiy valyutani O'zbekistondan olib chiqish va O'zbekistonga olib kirishda majburiy deklaratsiya qilinmaydi;

tijoriy banklar va Markaziy banklarning naqd puldagi xorijiy valyutani O'zbekistondan tashqariga olib chiqib ketishga ijozat berishi amaliyoti bekor qilinadi;

O'zbekiston norezidentlari (yuridik va jismoniy shaxslar) qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston banklarida hisob ochish va mablag'larini erkin tasarruf etish huquqiga ega.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali