Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Vazir, Hokim va yoshlar uchrashuvi

3722 10-Iyun, 2021 Chop etish Yuklab olish (PDF 235 Kb)


Joriy yilning 10 iyun kuni Navoiy viloyati Zarafshon shahardagi 7-sonli "Bolalar musiqa va san'at maktabi"ning faollar zalida Avtomobil yo'llari qo'mitasi rahbariyati hamda shahar hokimi o'rinbosari ishtirokida shahar yoshlari bilan norasmiy ravishda uchrashuv bo'lib o'tdi. 


"Yoshlar oyligi" munosabati bilan tashkil etilgan uchrashuvda Zarafshon shahri yoshlari o'zlarini qiziqtirgan savollariga yetarlicha javob oldilar hamda yoshlar o'rtasidagi muammolar o'rganildi.


Bundan tashqari uchrashuv yakunida "Yoshlar daftari"ga kiritilgan kam ta'minlangan yoshlarga kelajakda o'z ish faoliyatini yo'lga qo'yish hamda ish bilan band bo'lishlari maqsadida tikuv mashinalari sovg'a qilindi.

Shuningdek tadbir davomida o'zini faolligi bilan tengdoshlaridan ajralib turgan yoshlarga ularni rag'batlantirish maqsadida esdalik sovg'alari topshirildi.


Shu bilan birga, bugungi kunda yoshlarni sportga jalb qilish, sog'lom turmush tarzini oshirish hamda ishchanlik qobiliyatini yuksaltirish maqsadida Qo'mita tashabbusi bilan ta'sis etilgan Navoiy viloyati avtomobil yo'llari bosh boshqarmasi tizim tashkilotlari o'rtasida o'tkazilgan sportning futbol turi bo'yicha bosh boshqarma kubogi faxrli birinchi o'rinni egallagan "Navoiyko'kalam" UK yoshlariga topshirildi.

Avtomobil yo'llari qo'mitasi

Matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali