Xalqaro moliya institutlari mablag'lari ishtirokida 2020 yilda amalga oshirilgan investitsiya loyihalari to'g'risida MA'LUMOT
Avtomobil yo'llari qo'mitasi tomonidan Xalqaro moliya institutlari mablag'lari ishtirokida umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish investitsiya loyihalari doirasida 2020 yilda jami 94,6 million AQSh dollari miqdoridagi mablag'lar o'zlashtirildi. Shu jumladan, quyidagi loyihalar doirasida qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan:
- "A-380 "G'uzar-Buxoro-Nukus-Beyneu" avtomobil yo'lining 228-315 km qismini (87 km) rekonstruksiya qilish" loyihasi – 11,7 mln. AQSh doll. (Osiyo taraqqiyot banki qarz mablag'i);
- "Toshkent, Andijon, Farg'ona va Namangan viloyatlaridagi mahalliy avtomobil yo'llarini rivojlantirish" loyihasi- 48,5 mln. AQSh doll. (Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi qarz mablag'i (Jahon banki guruhi));
- "A373"Toshkent-O'sh" avtomobil yo'lining 173-176 km qismlarini rekonstruksiya qilish"loyihasi - 8,8 mln. AQSh doll. (Osiyo taraqqiyot banki qarz mablag'i, A-373 "Toshkent-O'sh" avtomobil yo'lining 116-190 km qismini rekonstruksiya qilish loyihasidan iqtisod qilingan mablag'lar doirasida amalga oshirilmoqda);
- "M39 "Almata-Bishkek-Toshkent-Shaxrisabz-Termiz" avtomobil yo'lining 1395-1400 km va 1410-1426 km (21 km) qismarini rekonstruksiya qilish" loyihasi - 9,5 mln. AQSh doll. (Islom taraqqiyot banki qarz mablag'i, M39 "Almata-Bishkek-Toshkent-Shaxrisabz-Termiz" avtomobil yo'lining 1330-1395 km, 1400-1410 km va 1426-1451 km (jami 100 km) qismini rekonstruksiya qilish ob'ekti doirasida iqtisod qilingan mablag'lar hisobiga mazkur ob'ekt qurilishi belgilab berilgan. Ushbu ob'ekt Surxondaryo viloyatining Boysun, Sherobod va Angor tumanlaridan o'tadi;
- "4R87"G'uzor-Chim-Ko'kdala" avtomobil yo'lining 38-73 km qismini (35 km) rekonstruksiya qilish" loyihasi - 16,1 mln. AQSh doll. (Saudiya taraqqiyot jamg'armasi va Quvayt Arab itqisodiy taraqqiyot fondi qarz mablag'i).