Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag'ishlangan tadbir

17602 7-Mart, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 329 Kb)


Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. 

Yig'ilishni ochgan qo'mita raisi A.Abduvaliev qo'mita markaziy apparatida hamda tizimda mehnat qilayotgan xotin-qizlarni bahor va go'zallik bayrami – 8 mart ayyomi bilan qutladi.

Darhaqiqat, barchamiz uchun aziz va mo'tabar bo'lgan ayol zoti haqida so'z yuritar ekanmiz, avvalambor, bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib voyaga yetkazgan Ona siymosi oldida bosh egib ta'zim qilamiz. Yer yuzida muqaddas degan so'zga eng munosib zot bu – avvalo, Onadir. Xalqimiz ona siymosini doimo ulug'lab, ardoqlab yashaydi. Yurtimizda onalarni sharaflab muhtasham haykallar bunyod etilgani ham shundan dalolat beradi.


Tadbir davomida qayd etilganidek, ayolni e'zozlash, ayolga ehtirom ko'rsatish xalqimizga xos olijanob qadriyat hisoblanadi. Biz, barchamiz qanday kasb, qanday lavozimda ishlamaylik, qalbimiz, yuragimizdagi jamiki ezgu fazilatlar uchun siz, mehribon ayollardan umrbod qarzdormiz.


Tadbir so'ngida avtomobil yo'llari sohasida mehnat qilayotgan xotin-qizlarga esdalik sovg'alari topshirildi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali