Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Yangi qo'mita tarkibida institut va to'rtta kollej bo'ladi

14581 3-Mart, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 25 Kb)


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2017 yilning 14 fevral kuni imzolangan "O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarorga muvofiq tashkil etilgan yangi qo'mita tarkibida oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari ham bo'ladi.

Qarorga ko'ra, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish instituti hamda Respublikadagi qator ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari O'zbekiston Respublikasi avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tarkibiga beriladi.

Demak, qo'mita boshqaruviga quyidagi o'quv yurtlari kiritildi:

- Toshkent avtomobil yo'llarini loyihalashtirish, qurish va foydalanish instituti;

- Buxoro avtomobil va yo'llar kasb-hunar kolleji;

- Qo'qon avtotransport kasb-hunar kolleji;

- Urganch avtomobillar va yo'llar kasb-hunar kolleji;

- Toshkent avtomobil yo'llari kasb-hunar kolleji.

Prezident qarorida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tarkibiga kiritiladigan mazkur o'quv yurtlarini saqlash xarajatlari - amaldagi tartib bo'yicha – bundan buyon ham davlat byudjetidan moliyalashtirilishi belgilab qo'yilgan.

"O'zаvtoyo'l" мatbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali