Yangi yil arafasida topshirilgan yangi ob'ektlar
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-fevraldagi "2018-yil investitsiya va infrastruktura loyihalari ro'yxatini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-3507-sonli qarori bilan belgilangan dasturga asosan, qator avtomobil yo'llarida qurish, qayta qurish va to'la ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Surxondaryo viloyatidagi M-41 "Bishkek-Dushanbe-Termiz" avtomobil yo'lining 1618-1622 km va 4R23O avtomobil yo'lining 3 km qismi rekonstruktsiya qilinib, yuqori qatlam asfalt-beton ishlari to'liq tugallandi. Ob'ektda piyodalarga qulaylik yaratish maqsadida piyodalar yo'lagi va 2 ta avtobekat qurib bitkazildi. 96 ta yoritish chirog'i ustunlari o'rnatildi.
Samarqand viloyatidagi M-37 "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo'lining 83-106 km qismida rekonstruksiya ishlari olib borildi. Shuningdek, viloyatdagi 4R243 "Kattaqo'rg'on-Payshanba-Moybuloq" avtomobil yo'lining 9-11 km qismida to'la ta'mirlash ishlari olib borilib, yuqori qatlam asfalt-beton ishlari to'liq tugallangan. Ob'ektda o'ng va chap tomondagi piyodalar yo'lakchasi hamda 3 ta avtobekat qurildi.
Buxoro viloyatidagi 4K-212 "Romitan sh. – Xargo'sh q. – Xayrobod q" avtomobil yo'lining 3-9 km qismini to'la ta'mirlanib, 6 km yo'lda yuqori qatlam asfalt-beton ishlari to'liq tugallangan. Shuningdek, ob'ektda 2 km piyodalar yo'lakchasi, 1 ta avtobekat qurildi hamda yo'l belgilari o'rnatilib, foydalanishga topshirildi.
Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi
matbuot xizmati