Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Yaponiya hukumati bilan hujjatlar imzolandi

9105 30-May, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 485 Kb)


2018-yilning 30-may kuni O'zbekiston Respublikasi avtomobil yo'llari davlat qo'mitasida – Yaponiya hukumatining "Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot dasturi" doirasidagi grantlar asosida, "O'zbekistondagi yo'l qurilishi va ta'miri uchun Yaponiya texnikalarni beg'araz taqdim etish" bo'yicha hukumatlararo hujjatga imzo chekish marosimi bo'lib o'tdi.


Mazkur loyiha asosida Yaponiyaning "Sakai Heavy Industries Ltd" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, yo'l qurilishi va ta'mirida ishlatiladigan texnikalar yetkazib berish ko'zda tutilmoqda. Yo'l qurilish texnikalari asosan "Obod qishloq" Davlat dasturi doirasida – Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston Respublikasida hududlaridagi qishloq va ovullar ichki yo'llarini ta'mirlashda ishlatishi ko'zda tutilmoqda. 


Loyihaga ko'ra Yaponiya hukumatining "Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot dasturi" doirasidagi grantlar asosida, "O'zbekistondagi yo'l qurilishi va ta'miri uchun 800 million yapon ienasi (7,3 mln. AQSh dollari) qiymatidagi Yaponiya texnikalarni beg'araz taqdim etiladi. 

Jumladan, SAKAI PM550-5 rusumidagi resayklerlar, SAKAI SV520FT rusumidagi bir barabanli tebranma zichlagichlar, SAKAI TS200 rusumidagi uzaytirilgan rezina g'ildirakli zichlagichlar, SAKAI SW652-1K rusumidagi tebranma zichlagichlar hamda 1 mln. AQSh dollari qiymatidagi ehtiyot qismlar (xodimlarni o'qitish bilan birga) yetkazib beriladi.


Hujjatga O'zbekiston Respublikasi hukumati nomidan – Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi raisi A.Abduvaliev, Yaponiya tomonidan – Yaponiyaning O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nobuaki Ito imzo chekishdi.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali