Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Yaxmalakka qarshi yangi reagent ixtiro qilindi

8990 31-Iyul, 2015 Chop etish Yuklab olish (PDF 20 Kb)


"O'zavtoyo'l" DAK tizimidagi Avtomobil yo'llari ilmiy-tadqiqot institutida bugungi kunda ko'plab ilmiy ixtirolar va tadqiqotlar ustida ish olib borilmoqda. Shulardan biri – yaqinda sinovdan o'tgan yo'llardagi yaxmalakka qarshi ekologik xavfsiz kimyoviy reagentlardir.

"Maksam-Chirchiq" AJ bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan yaxmalakka qarshi reagent, 2014 yilda Avtomobil yo'llari ilmiy-tadqiqot institutida labolratoriya tekshiruvlaridan o'tkazildi. Bevosita amaliy tekshiruv sinovlari esa 2015 yilning 21 fevral va 10 mart kunlari Qamchiq dovonida, ya'ni A-373 "Toshkent-O'sh" avtomobil yo'lida olib borildi.

Institut direktori O.Ziyaevning ma'lumot berishicha, yaxmalakka qarshi reagentni Respublikamiz avtomobil yo'llarida qo'llash uchun institut tomonidan "Metodik qo'llanmalar" ishlab chiqilgan.

Reagentning kimyoviy tarkibi karbamid, kaltsiy nitrati va magniydan iborat. U ekologik jihatdan xavfsiz bo'lib, yo'llardagi beton qoplamalar va to'siqlarni yemirmaydi, shuningdek, qishgi sharoitlarda harakat xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali