Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Yo'l ishlari sarhisobi

10911 24-Iyul, 2014 Chop etish Yuklab olish (PDF 26 Kb)


"O'zavtoyo'l" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasida Kompaniya faoliyatining 2014 yil birinchi yarim yilligi yakunlariga bag'ishlangan kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

"O'zavtoyo'l" DAKning boshqarma, bo'lim va xizmatlari, Kompaniya tizimidagi barcha tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirokida o'tkazilgan Boshqaruv yig'ilishida birinchi yarim yillik ish yakunlaridan tashqari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 9 iyundagi "O'zavtoyo'l" DAK tizimidagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish bo'yicha "yo'l xaritalari" dasturlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 149-sonli Qarorining ijrosini ta'minlash hamda "O'zavtoyo'l" DAK tizimidagi korxona va tashkilotlarda ijro intizomi hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etish masalalari ham muhokama qilindi.

— "O'zavtoyo'l" davlat-aktsiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi korxonalar tomonidan 2014 yilning birinchi yarim yilligida 564,4 mlrd. so'mlik yoki o'tgan yilning shu davriga nisbatan 127,7 foizga ko'p yo'l qurilish, ta'mirlash, saqlash va tashqi pudrat ishlari bajarildi, — deyiladi hisobotda. — Jumladan, 152,0 km. uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi. Shuningdek, xalqaro, davlat va mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida hamda shahar ko'chalarida 48,8 mlrd.so'mlik yo'l ta'mirlash ishlari bajarildi. 42654 km. uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini saqlash va joriy ta'mirlash bo'yicha 286,1 mlrd. so'mlik, ya'ni, joriy ta'mirlash ishlarida 169,8 mlrd. so'mlik, saqlash ishlarida 91,2 mlrd. so'mlik, ko'kalamzorlashtirish ishlarida 4,9 mlrd. so'mlik va qishki qarov ishlarida 20,2 mlrd. so'mlik ishlar bajarildi.Keyingi paytda Kompaniya korxonalarining texnika parkini yangilash borasida ham muayyan ishlar amalga oshirila boshlangan bo'lib, 2014 yilning birinchi yarmida Respublika yo'l jamg'armasi mablag'lari hisobidan 217 ta, korxonalarning o'z mablag'lari, lizing va bank kreditlari hisobidan 47 ta — jami 264 ta turli yangi avtotransport hamda maxsus texnika vositalari xarid qilinib, yo'l qurilishi va saqlash ishlariga jalb etildi.

Vazirlar Mahkamasi tomonidan kompaniyaga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning 2014 yilning 1-yarim yilligida o'sish sur'atlari 103,5% miqdorida belgilangan bo'lib, kompaniya tizimidagi sanoat va yordamchi ishlab-chiqarish xo'jalik korxonalari tomonidan 2014 yilning birinchi yarim yilligida qiyosiy narxlarda 95,3 mlrd. so'mlik, 2013 yilning shu davriga nisbatan (92,0 mlrd. so'm) qiyosiy narxlarda 103,6 % dan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Shu kuni yig'ilishda Kompaniya tizimidagi ayrim korxona va tashkilotlarning faoliyatida yo'l qo'yilayotgan xato-kamchiliklar ham ko'rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo'yicha aniq topshiriqlar berildi.

Kengaytirilgan yig'ilish yakunida ko'rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

"O'zavtoyo'l" DAK Matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali