Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Yo'ling soz – mashaqqating oz

9015 14-Noyabr, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 492 Kb)


Mamlakatimiz Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasi Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo'l jamg'armasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori bilan, qo'mita tizimida "Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi" DUK tashkil etilgan, uning nomida ko'rsatib o'tilgan ishlarni bajarish uchun davlat tomonidan buyurtmachi sifatida qatnashish – aynan mazkur korxona zimmasiga yuklatilgan edi.

O'tgan vaqt mobaynida – Respublikadagi avtomobil yo'llari qurish va rekonstruktsiyasi qilish bo'yicha, korxona tomonidan birmuncha amaliy ishlar bajarildi. Quyida ulardan ayrimlarini keltirib o'tsak.




Namangandagi yangi yo'llar

Namangan viloyatidagi 4R120 "Iskovot q. – Kosonsoy sh. – To'raqo'rg'on sh. – Jomasho'y q. – Soybo'yi q." avtomobil yo'lining 44-49 kilometrlari qismida rekonstruksiya ishlari yakuniga yetkazildi. Jumladan, 1,7 km yo'lning asfalt qoplamasi to'liq yangilandi, bundan tashqari 34 ta yo'l belgisi, 1 ta chorrahada svetofor, 500 metrdan iborat irrigatsiya lotoklari o'rnatildi. Shuningdek, yoritish tizimi yangilanib, yo'l bo'ylab 261 ta manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.

Qashqadaryo viloyatida amalga oshirilgan ishlar ham samarali kechdi. Viloyatdagi 4R87 "G'uzor-Chim-Ko'kdala" avtomobil yo'lining 0-18 kilometrlari oralig'i, ya'ni 18 km yo'l to'liq rekonstruksiya qilindi. Bu yerda ham yo'lning asfalt qoplamasi, yo'l belgilari, yo'l chiziqlari to'liq yangilandi. 4 ta avtobus bekati qurildi. Bir so'z bilan, sutkasiga o'rtacha 22,3 ming avtomobil qatnaydigan mazkur yo'l zamonaviy holatga keltirildi.


Qashqadaryodagi yo'lning ta'mirgacha bo'lgan holati


Qashqadaryodagi yo'lning ta'mirdan so'nggi holati

Bundan tashqari, bugun Shahrisabz shahri "Paxtakor" ko'chasidagi rekonstruksiya ishlari ham yakunlanish arafasida.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali