Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Yo'llar ravon, manzillar yaqin

8165 14-Avgust, 2018 Chop etish Yuklab olish (PDF 23 Kb)


"Qamchiq"  va "Rezak" tunnellari hozirda Farg'ona vodiysi aholisini poytaxt bilan bog'lab turuvchi eng muhim yer osti yo'li hisoblanadi. Mazkur tunnelda avtoulovlarni tartibga solish, muntazam ravishda tozalash, shikastlangan joylarini ta'mirlash, turfa ko'ngilsizliklarning oldini olishda xizmat qilayotgan ishchi-xizmatchilarning, harbiylarning xizmati kattadir. 

Bugungi kunda ularda qor, tosh va tuproq ko'chkisidan ximoya qiluvchi maxsus monolit temir–beton yo'laklar o'rnatildi. Harbiy xizmatchilarning yashab turadigan binosi beton devor bilan to'sildi. Toifalangan ob'ektlardagi videokuzatuv jihozlari zamonaviy turlariga almashtirildi. Hududlar maxsus simlar bilan o'raldi, zamonaviy perimetrial signalizatsiya moslamalari o'rnatildi.   

"Qamchiq"  va "Rezak" tunnellarining yo'l qoplamasini rekonstruktsiya qilish va yer osti sizot suvlarini qochirish ob'ektida ish olib borish jarayonida ro'y berayotgan muammolarni vaqtida oldi olinmoqda. Muqaddam yo'llarni ta'mirlash ishlarida transport oqimlari yagona yo'nalish orqali harakat qilib, natijada ob'ektlarda ishlar deyarli to'xtab qolgandi. Bu esa  harakat ishtirokchilarining jiddiy naroziligiga sabab bo'layotgandi.                            

"Qamchiq" 2-4 tunneli va "Rezak" 6-8  tunnellarida chala qolib ketgan ishlar qisqa muddatda yakunlanib, transport qatnovi yo'lga qo'yildi. Xullas, yo'llarimiz ravon, manzillarimiz yaqin bo'lmoqda.

Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi

matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali