Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Yo'lsozlikda 2016 yilning muhim yutuqlari

10474 12-Dekabr, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 209 Kb)


Garchi 2016 yil yakuniga biroz vaqt bor bo'lsa-da, yo'lsozlar uchun o'tib borayotgan yilimizning muhim natijalariga nazar tashlab, erishilgan natijalarni tahlil etish, shu orqali endigi vazifalarni belgilab olish muhim hisoblanadi. Xo'sh, yakuniga yetayotgan yil soha uchun qanday natijalar yili bo'ldi?

Eng avvalo shuni aytish kerakki, O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan 2015 yil 6 martda qabul qilingan, yo'lsozlar uchun asosiy besh yillik dasturilamal hisoblangan - "2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi to'g'risida"gi qarorining ijrosi mamlakatdagi yo'l infratuzilmasi rivojida ulkan ahamiyat kasb etmoqda. 

Mazkur qarorda har yili quriladigan va rekonstruktsiya qilinadigan umumfoydalanuvdagi yo'llarning hajmidan tashqari 2016 yilda avtomobil yo'llarini saqlash va joriy ta'mirlash ishlari uchun 200 dona yo'l texnikalarini xarid qilish hamda 9 ta ishlab chiqarish va sanoat bazalari quvvatlarini yangilash ishlari ham ko'zda tutilgan.

Joriy yildagi Investitsiya dasturi ijrosi bo'yicha bevosita "O'zavtoyo'l" kompaniyasi tizimiga kiruvchi korxonalar tomonidan 2016 yilning shu kuniga qadar 145,7 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi. Xususan, quyidagi yirik ob'ektlarni misol qilib keltirish mumkin: 

4R-79 avtomobil yo'lining 4-10 km qismida joylashgan "Qarshi-Shahrisabz" yo'nalishidagi avtomobil yo'lida 6 km tsementbeton qoplamali yo'l qurilish ishlari yakunlandi; 

M-37 "Samarqand-Ashxobod-Turkmanboshi" avtomobil yo'li va Buxoro shahrini aylanib o'tish avtomobil yo'llari kesishmasidagi transport yechimini qurish ishlari yakuniga yetdi; 

A-380 avtomobil yo'lining 43-kilometridagi - Qarshi shahar yangi aylanma yo'li va "Qarshi-Toshg'uzor-Qumqo'rg'on" temir yo'li kesishmasidagi yo'l o'tkazgich va transport yechimi qurish ishlari yakuniy bosqichga yetdi;

M-37 "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo'lining bir tomon yo'nalishi bo'yicha 24 km asfaltbeton qoplamali yo'l to'liq rekonstruktsiya qilindi;  

A-380 avtomobil yo'lining 628-964 km oralig'ida 47,4 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari bir tomon yo'nalishi bo'yicha rekonstruktsiya qilindi; 

M-39 avtomobil yo'lining 1173-1184 km qismida, ya'ni "Qarshi-Shahrisabz" yo'nalishidagi avtomobil yo'lida 9,2 km uzunlikdagi bir tomon yo'nalishi bo'yicha tsementbeton qoplamasi qurildi;

A-373 "Toshkent-O'sh" avtomobil yo'lining 208-274 km qismini aylanib o'tishda, mazkur yo'lning Pop shahriga olib boradigan yo'l bilan kesishgan joyidagi transport yechimini qurish ishlari yakunlandi. 

Garchi bu raqamlar bir qarashda, shunchaki, misol tarzida sanab o'tilsa-da, ular ortida minglab ishchi va xizmatchilarning mehnati, manzili yaqin bo'lgan millionlab yurtdoshlarimizning duosi yotibdi...

Yo'lsozlarning yil davomida azim poytaxtimizda amalga oshirgan ishlari ham alohida e'tirofga sazovordir. Jumladan, Mirzo Ulug'bek ko'chasidan Ohangaron shossesigacha bo'lgan, uzunligi 2,9 km li "Taraqqiyot" ko'chasining qurilishi, Beruniy ko'chasini Chilonzor-Oqtepa maydoni bilan boylaydigan, 4 km li Nurafshon ko'chasi qurilishining yakuni, Muqimiy ko'chasidan Bobur ko'chasigacha bo'lgan, 0,86 km uzunlikdagi Nukus ko'chasi davomining barpo etilishi kabi misollarning o'ziyoq - ishlar qay ko'lamda davom etganidan dalolat beradi. 


Joriy yilning yozida Toshkentda bo'lib o'tgan ShHTga a'zo davlatlar rahbarlarining sammiti arafasida butkul qayta ta'mirlangan poytaxtning Amir Temur, "Mustaqillik", "Afrosiyob", "Do'rmon yo'li", Nukus va Bobur ko'chalari yangicha qiyofa kasb etdi.

Yuqorida sanab o'tilgan misollarning barchasi – yo'lsozlar o'tib borayotgan yilni yorug' yuz bilan kuzatayotganiga misol bo'la oladi.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali