Yuksak mukofotlarga sazovor bo'lgan yo'lsozlar
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-avgustda imzolangan "O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to'g'risida"gi Farmoniga binoan bir guruh yo'lsozlar ham davlatimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo'lishdi. Jumladan,
"Do'stlik" ordeni bilan:
- Adamov Bekimmat Yuldashevich - Yangibozor tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi avtogreyderchisi, Xorazm viloyati;
- Izatullaev Abdulboqi Rashitovich – "Qamchiqavtoyo'l" ixtisoslashtirilgan yo'llardan foydalanish unitar korxonasi direktori;
"Shuhrat" medali bilan:
- Abdiev Maxsat Zaripovich – Ellikqal'a tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi avtogreyderchisi, Qoraqalpog'iston Respublikasi
- Murodullaev Komiljon Zubaydullaevich – Oqdaryo tumani yo'llardan foydalanish unitar korxonasi avtogreyderchisi, Samarqand viloyati.
Vatanimizning yuksak mukofotlariga sazovor bo'lgan yo'lsozlarimizni samimiy qutlab, ularga sog'lik-salomatlik, yurtimiz taraqqiyoti va xalq farovonligi yo'lidagi fidoiy kasblarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Avtomobil yo'llari qo'mitasi
matbuot xizmati