Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Zarafshon daryosi ustidagi yangi ko'prik ishga tushdi

11738 9-Noyabr, 2017 Chop etish Yuklab olish (PDF 19 Kb)


Xalqaro ahamiyatdagi M39 "Almati–Bishkek–Toshkent–Termiz" avtomobil yo'lidagi Zarafshon daryosi ustidan o'tgan yangi ko'prik foydalanishga topshirildi, deb xabar beradi avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi.

M-39 "Almati–Bishkek–Toshkent–Termiz" avtomobil yo'lining 1079-kilometrida joylashgan, Zarafshon daryosidan o'tgan eski ko'prik 1963 yilda qurilgan bo'lib, ikki polosali hamda 6,8 metrli qatnov qismidan iborat, avtomobil qatnovini ta'minlab berish imkoniga ega emasdi — uning har biri 22,16 metrdan iborat 30 dona oraliq qurilmalari (balkalari) shikastlangan holatda edi.

Mazkur ko'prikni qayta qurish ishlari 2017 yil yanvarda boshlangan hamda avtomobil yo'llari davlat qo'mitasi tizimidagi "Samarqandko'prik" korxonasiga topshirilgan bo'lib, loyiha ishlari "Yo'l-loyiha byurosi" MChJ tomonidan amalga oshirilgan.

Bugungi kunda mazkur qurilish ob'yektida avvalgi — uzunligi 134 metr, kengligi 6,5 metrli ko'prik o'rniga 160 metr uzunlikdagi va qatnov qismi 10 metrdan iborat bo'lgan yangi ko'prik qurib bitkazildi. Yangi ko'prikda har birining uzunligi 22,16 metrdan iborat 36 ta balka o'rnatilib, uning qirg'oq bilan tutashgan kirish va chiqish qismlarida uzunligi 12 metr bo'lgan monolit plitalar barpo etildi, deyiladi qo'mitaning matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Eslatib o'tamiz, ushbu ko'prikning qurilishi cho'zilayotgani, harakat cheklangani bois yo'l-transport hodisalari ro'y berib, yo'lning qatnov qismining ko'prikka yaqin uchastkalarida ulkan tirbandlik hosil bo'layotgani haqida xabar bergan edik.

kun.uz saytidan olindi

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali