Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

Аmalga oshirilgan va oshirilayotgan investitsiya loyixalari

9844 Chop etish Yuklab olish (12 Kb)

Хalqaro moliya institutlari mablag'lari ishtirokida 2021 yilda amalga

oshiriladigan investitsiya loyihalari to'g'risida

МА'LUMOT

 

Avtomobil' yollari qo'mitasi tomonidan Хalkaro moliya institutlari mablag'lari  ishtirokida umumiy foydalanishdagi avtomobil' yo'llarini qurish va rekonstruktsiya  qilish  investitsiya loyihalari doirasida O'zbekiston Respublikasi Presidentining 2020 yil 28 dekabrdagi  "O'zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo'ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4937-sonli qaroriga asosan joriy yilda jami 154,0 mln. Doll. mablag'lar o'zlashtirilishi belgilangan. Shu jumladan, quyidagi loyihalar doirasida  qurilish-montaj ishlari amalga oshiriladi:

- "А-380 "Guzar-Buxoro-Nukus-Beineu" avtomobil' yo'lining 228-315 km qismini  (87 km) rekonstruktsiya qilish" loyihasi doirasida 40,0 mln. AQSh doll. miqdoridagi  mablag'lar o'zlashtirilishi belgilangan (Osiyo taraqqiyot banki qarz mablag'i);

- "Тoshkent, Аndijon, Farg'ona va Namangan viloyatlaridagi mahalliy avtomobil'  yo'llarini rivojlantirish" doirasida 35,0 mln. AQSh doll. miqdoridagi mablag'lar  o'zlashtirilishi belgilangan (Jahon banki guruhi, ХТА);

- "А373 "Тоshkent-O'sh" avtomobil' yo'lining 173-176 km qismlarini  rekonstruktsiya qilish" loyihasi doirasida 1,4 mln. АQSh doll. miqdoridagi mablag'lar  o'zlashtirilishi belgilangan (Оsiyo taraqqiyot banki qarz mablag'i, А-373 "Тoshkent-O'sh" avtomobil' yo'lining 116-190 km qismini rekonstruktsiya qilish loyihasidan iqtisod qilingan  mablag'lar doirasida amalga oshirilmoqda);

- "М39 "Olmaty-Bishkek-Тоshkent-Shahrisabz-Тermiz" avtomobil' yo'lining  1395-1400 km va 1410-1426 km (21 km) qismlarini rekonstruktsiya qilish" loyihasi doirasida18,0 mln. АQSh doll. miqdoridagi mablag'lar o'zlashtirilishi belgilangan (Islom taraqqiyot banki qarz mablag'i, М39 "Olmaty-Bishkek-Тоshkent-Shahrisabz-Теrmiz" avtomobil' yo'lining 1330-1395 km, 1400-1410 km ва 1426-1451 km (jami 100 km) qismini rekonstruktsiya qilish ob'ekti doirasida iqtisod qilingan mablag'lar hisobiga mazkur оb'ekt  qurilishi belgilab berilgan. Ushbu ob'ekt Surkhondaryo viloyatining Boysun, Sherobod va  Angor tumanlaridan o'tadi;

- "4Р87 "G'uzor-Chim-Ko'kdala" avtomobil' yo'lining 38-73 km qismini (35 km) rekonstruktsiya qilish" loyihasi doirasida15,0 mln. АQSh doll. miqdoridagi mablag'lar  o'zlashtirilishi belgilangan (Saudiya taraqqiyot jamg'armasi va Quwayt Аrab iqtisodiy  taraqqiyot fondi qarz mablag'i).

- "А-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beineu" avtomobil' yo'lining 964-1204 km qismini (240 km) rekonstruktsiya qilish" loyihasi doirasida 34,6 mln. AQSh doll. miqdoridagi mablag'lar o'zlashtirilishi belgilangan (Оsiyo taraqqiyot banki qarz mablag'i);

- "А-380 "G'uzor-Buxoro-Nukus-Beineu" avtomobil' yo'lining 150-228 km qismini (78 km) rekonstruktsiya qilish" loyihasi doirasida 10,0 mln. АQSh doll. miqdoridagi  mablag'lar o'zlashtirilishi belgilangan (Оsiyo infrastrukturaviy va investitsiyalar banki qarz  mablag'i).

 

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali