"Taxtaqoracha" dovonida avtotransportlar harakati tiklandi
Bugun, 7-fevral kuni soat 08:30 dan Samarqand viloyatining Urgut tumanidan o'tgan M-39 avtomobil yo'lining
"Taxtaqorcha" dovoni avtomobillar harakati uchun ochildi.
Kecha M-39 avtomobil yo'lining dovon qismida tinimsiz yoqqan qor navtijasida yo'lning yuza qismida muzlamalar hosil bo'lganligi sababli dovonda harakat to'xtatilgan edi.
Ayni vaqtda, yo'lsozlar va tegishli tashkilotlar hamkorligida zudlik bilan tegishli choralar ko'rilib, vaziyat oqibatlari bartaraf etilgan.
Hozirda avtotransport vositalari to'liq harakatlanmoqda.
Avtomobil yo'llari qo'mitasi Axborot xizmati