Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

2016 yilning 9 oyidagi yirik amaliy natijalar

11127 3-Noyabr, 2016 Chop etish Yuklab olish (PDF 69 Kb)


2016 yildagi Investitsiya dasturi ijrosi bo'yicha "O'zavtoyo'l" kompaniyasi tizimiga kiruvchi korxonalar tomonidan 2016 yilning o'tgan 9 oyi davomida 138,9 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari rekonstruktsiya qilindi. Bu raqamlar kompaniya boshqaruvining joriy yil 9 oyi yakunlariga bag'ishlangan yig'ilishida ta'kidlandi. 

Xususan, quyidagi yirik ob'ektlarni misol qilib keltirish mumkin: 

- 4R-79 avtomobil yo'lining 4-10 km qismida joylashgan "Qarshi-Shahrisabz" yo'nalishidagi avtomobil yo'lida 6 km tsementbeton qoplamali yo'l qurilish ishlari yakunlandi; 

- M-37 "Samarqand-Ashxobod-Turkmanboshi" avtomobil yo'li va Buxoro shahrini aylanib o'tish avtomobil yo'llari kesishmasidagi transport yechimini qurish ishlari yakuniga yetdi; 

- A-380 avtomobil yo'lining 43-kilometridagi - Qarshi shahar yangi aylanma yo'li va "Qarshi-Toshg'uzor-Qumqo'rg'on" temir yo'li kesishmasidagi yo'l o'tkazgich va transport yechimi qurish ishlari yakuniy bosqichga yetdi;

- M-37 "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomobil yo'lining bir tomon yo'nalishi bo'yicha 20 km asfaltbeton qoplamali yo'l to'liq rekonstruktsiya qilindi;  

- A-380 avtomobil yo'lining 628-964 km oralig'ida 46,4 km uzunlikdagi avtomobil yo'llari bir tomon yo'nalishi bo'yicha rekonstruktsiya qilindi; 

- M-39 avtomobil yo'lining 1173-1184 km qismida, ya'ni "Qarshi-Shahrisabz" yo'nalishidagi avtomobil yo'lida 9,2 km uzunlikdagi bir tomon yo'nalishi bo'yicha tsementbeton qoplamasi qurildi. 


Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2015-2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo'l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturi to'g'risida"gi qarori 2015 yil 6 martda qabul qilingan edi. 

Mazkur Qaror asosida 2015-2019 yillarda "O'zbek milliy avtomagistrali" tarkibiga kiruvchi respublikadagi avtomobil yo'llari qismlari va umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruktsiya qilish hamda yo'l tashkilotlarining ishlab chiqarish bazalarini texnik rivojlantirish chora-tadbirlarining manzilli ro'yxati yilma-yil tasdiqlangan.

Yuqoridagi Dasturga ko'ra joriy yilning o'tgan 9 oyi davri mobaynida kompaniya korxona va tashkilotlari tomonidan 48 turdagi yo'l qurilish texnikalari xarid qilindi.

"O'zavtoyo'l" AK matbuot xizmati

Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali