Хозирда мазкур сайтнинг янги версияси яратилмокда

Logo

2017-2018 yillar yakunlariga ko'ra Avtomobil yo'llari davlat qo'mitasining asosiy faoliyati bo'yich ko'rsatkichlari to'g'risida taxliliy ma'lumot.

5644 29-Yanvar, 2019 Chop etish Yuklab olish (PDF 124 Kb)


T/r Asosiy faoliyat turi bo'yicha ko'rsatgichlar  O'lchov birligi    2017 yil yakunida amalda    2018 yil yakunida amalda     2017 yilga nisbatan (%)  
Bajarilgan ish xajmi, jami

mlrd.so'm 2036,2 3173,2 155,8
shu jumladan:
1 Investitsiya dasturi bo'yicha mlrd.so'm 617,7 857,9 138,9
km 364,4 281,5 106,5
2 To'la ta'mirlash ishlari mlrd.so'm 222,2 391,9 176,4
km 140,0 145,3 103,8
3 Mintaqaviy yo'llarni ta'mirlash mlrd.so'm 367,8 380,5 103,5
km 3240,4 3245,6 100,2
4 Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo'llarini joriy ta'mirlash va saqlash ishlari mlrd.so'm 828,5/td> 1542,9 186,2
km 2858,0 3252,0 113,8
5 Sanoat ishlab chiqarish xajmi mlrd.so'm 365,5 380,5 104,1
6 Yangi ishjoylarini yaratish kishi 331 1366 412,7
7 Qora metall chiqindilarini topshirish tonna 15970,0 15981,0 100,1


Qo'mita tizimidagi korxona va tashkilotlarda 2018 yil davomida Investitsiya dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 857,9 mlrd. so'mlik  qurish va rekonstruktsiya qilish  ishlari amalga  oshirildi. Ushbu ko'rsatkich 2017 yilning 2018 yilga  nisbatan 138,0 foizni tashkil etadi.

Bundan tashqari to'la ta'mirlash dasturiga asosan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarida 391,9 mlrd.so'mlik ta'mir ishlari bajarildi. Bu ko'rsatkich esa o'tgan yilga nisbatan 176,0 foizni tashkil qiladi.

2017-2018 yillarning yakunlariga  ko'ra asosiy faoliyat ko'rsatgichlarining taqoslama  diagrammasi

 

2018 yil yakuni bo'yicha Respublikamizdagi 3245,6 km mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlandi.Shu jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasida 194,1km, Andijonda 323,5 km, Buxoroda 222,3 km, Jizzaxda 186,1 km, Qashqadaryoda 327,0 km, Navoiyda 193,2 km, Namanganda 270,2 km, Samarqandda 311,1 km, Surxandaryoda 371,1 km, Sirdaryoda 185,7 km Toshkent viloyatida 185,4 km, Farg'onada 267,6 km, Xorazmda 128,2 km hamda Toshkent shahrida 70,2 km mintaqaviy avtomobil yo'llarida ta'mirlash ishlari olib borildi. Mintaqaviy ichki yo'llar ta'miri hajmi o'tgan yilgi darajada qolib, kamaeshga yo'l qo'yilmadi.

2018 yil yakuniga ko'ra mintaqaviy avtomobil yo'llarini ta'mirlash (hududlar kesimidagi diagramma)

 


 

         2018 yil davomida Respublika bo'yicha avtomobil yo'llarida 42695 km uzunlikdagi yo'llardan 1542,9 kmdan iborat qismida joriy ta'mirlash ishlari amalga oshirilib, ularning holati yaxshilandi. Bu esa 2017 yiliga qaraganda 186,2 foizni tashkil etadi.

Qo'mita tizimidagi korxonlar tomonidan 2018 yilda  380,5 mlrd. so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Mazkur ko'rsatkich 2017 yilga nisbatan 104,1 foizni tashkil etganligini ko'rsatadi.

Tizim korxonlari tomonidan 2018 yilda 1366 ta yangi ish o'rinlari yaratildi. Bu ko'rsatkich esa 2017 yilining mos ravishdagi tegishli davriga qaraganda qariyb to'rt baravar ortib, 413,0 foizni tashkil etadi.

Korxonlar tomonidan qora metall chiqindilari topshirish ko'rsatkichi                2018 yilda 15981 tonnani tashkil etadi. Bu qariyb o'tgan yilgi darajada qolib, kamayishga yo'l qo'yilmagan.

Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston Respublikasi Avtomobil  yo'llari davlat qo'mitasining 2018 yilda – umumiy bajarilgan ishlar xajmi – 3173,2 mlrd. so'mlikdan iborat. Bu ko'rsatkich o'tgan yilga nisbatan bir yarim baravardan  ziyodga oshib, 155,8 foizni tashkil etganligini ko'rsatadi.

 




Interaktiv xizmatlar

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali